Mehnat inspeksiyasining jamoatchilik nazorati
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi apparatining 2024 yil II yarim yilligi uchun mo‘ljallangan ish rejasiga asosan Farg‘ona viloyatidagi Metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasiga a’zo tashkilotlarda xodimlarning mehnat munosabatlaridagi huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi jamoatchilik nazorati doirasida o‘rganilmoqda.
Jumladan, viloyatda faoliyat yuritayotgan “Avtooyna” MCHJ hamda “UZSUNGWOO” qo‘shma korxonasida o‘tkazilayotgan jamoatchilik nazoratida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o‘rinbosari – Mehnat inspeksiyasi boshlig‘i Q.Qirg‘izaliyev ishtirok etdi.
Jamoatchilik nazorati davomida ish beruvchilar tomonidan ishchi-xodimlarning mehnat munosabatlaridagi huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlanganligiga, ularga munosib mehnat sharoitlarining yaratilganligiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ishchi-xodimlar bilan ochiq muloqatlar o‘tkazilib, muloqatlar jarayonida Ish beruvchilarning xodimlar ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli bo‘lgan masalalar bo‘yicha majburiyati, xodimlar uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish hamda kasaba uyushmasi faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan tushunchalar berildi.
Tashkil etilganligiga qariyb 120 yil bo‘lgan O‘zbekiston kasaba uyushmalari tashkilotlari tomonidan xodimlar ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini ifoda etish va himoya qilish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, kelib tushayotgan murojaatlarning har biri ortida inson taqdiri yotishi tamoyilini e’tiborga olgan holda hal etilayotganligi, O‘zbekistonda munosib mehnat va ijtimoiy adolatni ta’minlash yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlarning inson manfaatlariga, ayniqsa, mehnatkashlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va munosib sharoitlarda mehnat qilishiga xizmat qilayotganligi mehnatkashlarga yetkazildi.
Muloqatlar jarayonida ishchi-xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar oldilar.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: