Maqsad – xotin-qizlarni hayotdan rozi qilish
Muhtaram Yurtboshimiz tashabbusi bilan joriy etilgan “Ayollar daftari” tizimi boshqa hech bir mamlakatda uchramaydigan noyob mexanizm bo‘lib, bu orqali yurtimiz xotin-qizlarini qiynab kelayotgan muammolar hal etilishiga erishilmoqda. Natijada jamiyatimizda muhim o‘rin tutuvchi opa-singillarimizning turmush farovonligi oshirilib, hayotdan rozi bo‘lib yashashlariga zamin yaratilmoqda.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashida “Ayollar daftari” tizimining 5-bosqichi yuzasidan Jamoatchilik nazoratini o‘rnatish bo‘yicha Farg‘ona viloyatiga biriktirilgan vakil – viloyat shtabi rahbari A.Salixov hamda Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari – Oila va Xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i K.Kavlonova rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilish ham aynan “Ayollar daftari” tizimi ijrosini sifatli bajarish masalasiga bag‘ishlandi.
Yig‘ilishda viloyat studiyasi orqali tuman-shaharlarga biriktirilgan mas’ullar, Kengash apparati xodimlari va Tarmoq kasaba uyushmalarining viloyat kengashlari rahbarlari hamda hududiy studiyalari orqali tuman-shahar hokimlarining o‘rinbosarlari – Oila va Xotin-qizlar bo‘limi boshliqlari, kasaba uyushmalarining tuman-shahar Kengashlari raislari ishtirok etdi.
– “Ayollar daftari” ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir, ishsiz va ijtimoiy faol bo‘lmagan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish, ularga davlat tomonidan manzilli tarzda ko‘maklashish bo‘yicha aniq tizimdir. Bugungi kunda kambag‘allikni qisqartirish, ishsizlikning oldini olish masalalari dolzarb bo‘lib turibdi. Shunday ekan, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlasak, albatta, ular hayotdan rozi bo‘lishadi. Bu orqali Prezidentimiz olib borayotgan hayotbaxsh islohotlarni fuqarolarimiz o‘z hayotlarida sezadi, – dedi yig‘ilishni boshqarib borgan viloyat shtabi rahbari A.Salixov.
Tahliliy-tanqidiy o‘tkazilgan yig‘ilishda Farg‘ona viloyatida «Ayollar daftari»ning 5-bosqichini tez fursatlarda sifatli bajarish va uning haqqoniyligiga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: