Maktab direktoriga nisbatan qo‘llanilgan intizomiy jazo chorasi bekor qilindi
Bag‘dod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 12-maktab direktori S. Karimova O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashiga ariza bilan murojaat qilib, Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan unga nisbatan 2024 yilning yanvar oyida asossiz ravishda “xayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanilganidan norozi ekanligini, ushbu intizomiz jazo chorasini berish to‘g‘risidagi buyruqni bekor qilishda amaliy yordam berishni so‘ragan.
Viloyat Kengashi tomonidan murojaat muallifining murojaati belgilangan tartibda o‘rganildi hamda maktab direktoriga nisbatan berilgan intizomiy jazo chorasini qo‘llanilishida Mehnat qonunchiligi talablari bo‘zilganligi aniqlandi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Fededratsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga nisbatan aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish hamda maktab direktori S.Karimovaga nisbatan qo‘llanilgan intizomiy jazo chorasini bekor qilish to‘g‘risida Taqdimnoma kiritildi.
Natijada 2024 yil 28 fevral kuni Bag‘dod tumani 12-maktab direktori S.Karimovaga nisbatan qo‘llanilgan intizomiy jazo to‘g‘risidagi buyruq bekor qilinishiga erishildi.
Mansurjon Usmonov,
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Fededratsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassisi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: