Maktab direktori o‘z ish joyiga tiklandi
Farg‘ona tumani 23-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori Nodir Karimov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi Farg‘ona viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining 2023 yil 27 noyabrda 531-sonli buyrug‘i bilan bekor qilinadi. Maktab direktori qancha urinmasin baribir ishga tiklana olmaydi.
Mazkur ish maktab direktori Nodir Karimovning murojaatiga asosan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati kengashi huquqshunoslari tomonidan o‘rganib chiqiladi.
Unda ayon bo‘ladiki, ish beruvchi qator mehnat qonunchiligi talablarini buzgan. Kamiga Nodir Karimov bilan mehnat shartnomasi qancha muddatga tuzilgani ko‘rsatilmagan. Shu sababli ham Nodir Karimov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga tuzilgan bo‘lib qoladi. Bunga esa ish beruvchi axamiyat bermagan.
Bo‘lib o‘tgan sudda ham bu kabi asoslar o‘z isbotini topadi. Sudning qarori bilan Farg‘ona viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining 2023 yil 27 noyabrda 531-sonli buyrug‘i bekor qilinib, Nodir Karimov yana 23-maktab direktorligiga tiklanadi. Majburiy progul kunlari uchun esa 11 mln. 164 ming so‘m ish haqi undirib berildi.
Avazxon TURAXODJAYeV,
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati kengashi bosh yuriskonsulti
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: