Kutilmagan tuhfa bo‘ldi
Yurtimizda 11 noyabr — Kasaba uyushmalari kuni sifatida keng nishonlanmoqda. Bugun sana munosabati bilan Ta’lim sohasida mehnat qilayotgan va kasaba uyushmalari safiga qo‘shilgan 50 nafar a’zolar Marg‘ilon temiryo‘l vokzalidan Xiva shahriga sayohatga kuzatib qo‘yildi.
— Ishonasizmi, hayotimda birinchi marta Xorazmga sayohatga ketishim, — deydi oltiariqlik Zumradxon Obidjonova. — Kasaba uyushmalarining bu tuhfasi meni xursand qilib yubordi. Anchadan buyon bu shaharga borishni niyat qilib yurardim. Kasaba uyushmalarining xayrli tashabbusi bilan orzularim ushaladigan bo‘ldi.
Sayohatchilar 3 kun davomida Xorazmning diqqatga sazovor joylarini tomosha qiladilar.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: