Korxona har bir xodimni qadrlaydi
“Farg’onaazot” AJda mehnat jamoasining konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoa shartnomasining 2023 yilda bajarilishi, amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, amaldagi jamoa shartnomasiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish loyihalari ko‘rib chiqildi.
Dastavval, jamoa shartnomasini 2023 yilda bajarilishi yuzasidan boshqaruv raisi Dilshodjon Mannonov va kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Ilxomjon Abduvohidovning hisoboti tinglandi.
Konferensiyada korxona syex va bo‘limlari ishchi-xodimlaridan saylangan delegatlar qatnashdilar.
Ta’kidlanganidek, 2023 yilda jamoa shartnomasi orqali har bir xodim olgan daromad miqdori 48 mln. 177 ming so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilgiga nisbatan 5 mln. 823 ming so‘mga oshganini ko‘rsatadi.
Ishchi-xodimlar hamda ularning oila a’zolari salomatligini tiklash uchun kasaba uyushma a’zoligi badali hisobidan 109 nafar ishchi-xodim, ijtimoiy sug‘urta mablag‘laridan 64 nafar ishchi-xodimga sihatgohlarga yo‘llanma ajratildi. Jamoa shartnomasiga muvofiq ularning 4 nafariga bepul yo‘llanma berildi.
Moddiy yordamlar uchun esa 962 mln. 189 ming so‘m, mehnatni muhofaza qilish yo‘nalishidagi ishlarga esa 4 mlrd. 608 mln. so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun gi klardan o‘tkazish uchun 848 mln. so‘m ajratildi. Agar korxonada 6 ming 158 nafar xodimlar mehnat qilishini inobatga olsak, har bir xodimning xavfsizligini ta’minlash uchun 748 ming so‘mdan sarflanganini ko‘rishimiz mumkin.
Korxona har bir xodimini qadriga yetadi. Ularni tez-tez sayohatlarga olib chiqishni odatga aylantirgan. O‘tgan yili kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan 190 nafar ishchi-xodimlar Samarqand, Toshkent viloyati hamda Namangan shaharlari bo‘ylab sayohatga olib borildi.
Bundan tashqari, korxonaning eng ilg‘or xodimlaridan 30 nafari O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyat Kengashi tomonidan Xiva hamda Toshkent shahriga sayohatga yuborildi.
Yozgi mavsumida ishchi-xodimlarning 1 ming 140 nafar farzandlari korxona tasarrufidagi “Kimyogar” bolalar sog‘lomlashtirish oromgihida hordiq chiqardi.
Xodimlarning salomatligiga ham alohida e’tibor qaratilgan. Shu bois xodimlar o‘rtasida “Sport – salomatlik garovi” shiori ostida sportning yugurish, stol tennisi, voleybol, futbol, shashka, shaxmat, turlari bo‘yicha spartakiada musobaqalari tashkil etib kelinmoqda.
Konferensiyada so‘z olganlar 2023 yilda jamoa shartnomasini bajarilishi qoniqarli deb topdilar. Amaldagi jamoa shartnomasi qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish loyihasi umumiy ovoz berish orqali tasdiqlandi. Kiritilgan o‘zgarishlar va qo‘shimchalarni hisobga olgan holda “Farg’onaazot” AJ mehnat jamoasining konferensiyasining qarori qabul qilindi.
Konferensiyada O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi mehnatni muhofaza qilish bo‘limi bosh mutaxassisi Sardor Salohuddinov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari Orzigul Qozixonova, Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi mehnat muhofazasi masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi Shuhratilla Rixsiboyev, shuningdek, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyat Kengashidan Avazxon To‘raxodjayev va Tursunali Karimov ishtirok etdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: