KONSTITUTSIYA – XALQCHIL DAVLAT, BARQAROR TARAQQIYOT VA FAROVON HAYOT ASOSI!
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan tarixiy sananing 31 yilligi munosabati bilan Farg‘ona shahridagi viloyat musiqali drama teatrida “Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi, viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda so‘z olganlar Konstitutsiyamizning yangi normalarida asosiy e’tibor inson, jamiyat va davlatning barqaror rivojlanishini ta’minlashga qaratilganligi, Yangi tahrirdagi Asosiy Qonunning qabul qilinishi bilan bu borada yanada mustahkam konstitutsiyaviy-huquqiy asos yaratilganligini e’tirof etdilar.
“Farg‘ona viloyatini xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatidan va ishsizlikdan xoli hududga aylantirish dasturi” ijrosi yuzasidan Farg‘ona, Marg‘ilon, Quvasoy shaharlari hamda Qo‘shtepa, Oltiariq, Quva, Toshloq, Yozyovon va Farg‘ona tumanlaridan alohida e’tibor qaratish lozim bo‘lgan 300 nafar xotin-qizlar hamda 100 nafar kasaba uyushmalari faollari ishtirokidagi tadbirda Bosh Qomusimiz bo‘yicha ishtirokchilarning bilimlarini mustahkamlash maqsadida “Siz Konstitutsiyani bilasizmi?” mavzusida viktorina savol-javoblari o‘tkazildi.
Viktorinada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 20 nafar g‘oliblar Farg‘ana viloyati hokimligi muassisligidagi “Yangi Farg‘ona” gazetasiga hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi muassisligidagi “Ishonch” gazetasiga 2024 yil uchun 1 yillik bepul obuna sertifikati, kvitansiyasi va kitob jamlanmalari bilan taqdirlandi.
Tadbirda viloyat musiqali drama teatrining mahoratli aktyorlari tomonidan namoyish etilgan “Zo‘rdan-zo‘r” spektakli barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Konstitutsiyamizni tarannum etuvchi tadbirlar viloyatimizdagi barcha mehnat jamolarida davom etmoqda.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: