Kasaba uyushmasiga rahmat!
So‘x tumanidagi 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabida fizika fani o‘qituvchisi vazifasida ko‘p yillardan buyon ishlab kelganman.
2023 yil avgust oyida maktab direktori tomonidan mehnat shartnomam bekor qilindi. Ish beruvchining noqonuniy xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashiga murojaat qildim.
Kengash mutaxassislari tomonidan murojaatim o‘rganilib, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Rishton tumanlararo sudiga da’vo ariza kiritildi. Sudning hal qiluv qaroriga asosan ishga tiklandim.
Rahmat Sizga, kasaba uyushma fidoyilari!
Doston TUYMAMADOV.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: