Kasaba uyushmalariga bo‘lgan ishonchim yanada ortdi
Mana besh kundirki, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati Kengashi tashabbusi bilan 50 nafar farg‘onalik ustozlar Toshkent viloyatining so‘lim go‘shasida bunyod etilgan “Zarkent” sihatgohida dam olib, salomatliklarni mustahkamlamoqdalar.
Aytish kerakki, Parkent tumanining Zarkent qishlog‘ida joylashgan mazkur sihatgoh dengiz sathidan 800 metr balandlikda bo‘lib, atrofi tog‘lar bilan o‘ralgan. Bu yerni manzarasi har bir dam oluvchini o‘ziga maftun etadi. Shuning uchun ham ushbu salomalik maskani dam oluvchilar bilan gavjum.
Dam oluvchilarni sog‘lomlashtirishda fizioterapiya, sun’iy giyohli va tuzli vannalar, suvli muolajalar va keng turdagi davolash usullaridan foydalaniladi.
— 17 yildan buyon o‘quvchilarga ona tili va adabiyotdan saboq berib kelaman. O‘ylab qarasam, biror marta ham sihatgohda dam olmagan ekanman, — deydi Rishton tumani 64-maktab o‘qituvchisi Dilafro‘z Ibrohimova. — Ochig‘ini aytsam, bunga fursat ham, sharoit ham yetarli bo‘lmagan. Lekin O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati Kengashining g‘amxo‘rligi va e’tibori sabab mana shunday ajoyib sihatgohda dam olish imkoniga ega bo‘ldim. Hamkasblarimiz bilan bu yerda maza qilib hordiq chiqarib, kerakli muolajalarni olyapmiz. Yaratilgan sharoitdan ko‘z quvnaydi. Hamkasblarim ham kasaba uyushmalarining bu iltifotidan mamnun.
Ayni paytda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati Kengashi bir safda birlashgan a’zolarni qo‘llab-quvvatlagan holda tarixiy shaharlarga sayohatlar tashkil etib kelmoqda.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: