Kasaba uyushma koʻmagi bilan
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Fargʻona viloyati Kengashiga Fargʻona shahar kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi xodimi Nargiza Zokirova ariza bilan murojaat qilib, bola parvarishlash ta’tilidan qaytgach, ish beruvchi uni ishga olmaganligi, buning oqibatida u ishsiz qolayotganligini ma’lum qilgan.
Oʻrganish davomida haqiqatdan ham N.Zokirovani mehnatga oid huquqlari ish beruvchi tomonidan qoʻpol ravishda buzilganligi aniqlandi.
Xodimning huquqlarini tiklash yuzasidan kelib chiqqan nizo sudning adolatli hal qiluv qaroriga asosan oʻz yechimini topdi.
Sudning hal qiluv qaroriga asosan ish beruvchiga N.Zokirovani avvalgi lavozimiga, agarda bunday lavozim boʻlmagan taqdirda lavozimiga teng boʻlgan boshqa lavozimga ishga qaytarish majburiyatini yuklash haqida hal qiluv qarori qabul qilindi.
Shuningdek, sud tomonidan Nargiza Zokirova foydasiga majburiy progul, ish haqi va ma’naviy zarar uchun jami 19 million soʻmdan ziyod ish beruvchidan undiriladigan boʻldi.
Mansurjon USMONOV,
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Fargʻona viloyati kengashi bosh mutaxassisi
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: