Kasaba uyushma faoliyati qoniqarli baholandi
Viloyat musiqali drama teatri binosida Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasi Kasaba uyushma qo‘mitasining 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining 2023 yilda bajarilishi yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi raisi E.Nuraliyev, Kengashning xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo‘limi mudiri T.Karimov, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi viloyat Kengashi raisi Sh.Karimova, shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i H.Mamajonov hamda delegatlar ishtirok etdilar.
Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasi Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi H.Sobirova yig‘ilganlarga hisobot berar ekan, Farg‘ona shahar tibbyot birlashmasi kasaba uyushma qo‘mitasida jami xodimlar soni 5157 nafarni tashkil etishi, 2023 yida 44 ta nodavlat tashkilotlarida kasaba uyushmasi xizmati tashkil etilganini e’tirof etdi.
Ta’kidlandiki, Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasining tasarrufidagi 13 ta tibbiyot muassasalarida 2023-2025-yillarga mo‘ljallangan Jamoa shartnomalari tuzilib ekspertizadan o‘tkazilgan shu asosda mehnat qilayotgan jami 4286 nafar ishchi-xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilishga karatilgan.
2023 yil davomida 215 nafar xodimlarning arizalariga binoan kasaba uyushma ko‘mitasi tomonidan 66 million 190 ming so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatilgan. Shuningdek, 64 nafar xodimlar sanatoriy-profilaktoriyalarda sog‘lomlashtirilgan. 61 nafar tibbiyot xodimlarining farzandlari yozgi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida yoz faslini maroqli o‘tkazishgan.
Yig‘ilishda so‘z olganlar kasaba uyushma faoliyatini qoniqarli baholab, har bir xodim kasaba uyushmaning himoyasida ekanligini ta’kidladi.
Shuningdek, hisobot yig‘ilishi davomida bir guruh faol ishchi-xodimlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Yig‘ilish yakunida viloyat musiqali drama teatri tomonidan sahnalashtirilgan «Makkora» spektakli namoyishi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: