Kasaba uyushma aralashavi bilan 44 mln. 800 ming so‘m xodimning o‘zida qoladigan bo‘ldi
“UNITEL” MCHJning 2022-yil 20-dekabr kungi, 2023-yil-13 yanvar va 23-yanvar kungi buyruqlari bilan intizomiy jazo chorasi hamda 2-fevral kungi buyrug‘i bilan Dilshod Rahmonov bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilingan.
Bundan norozi bo‘lgan Dilshod Rahmonov O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyat kengashiga murojaat qilib, huquqiy ko‘mak so‘raydi.
Ish sudga chiqqan bo‘lib, sudda uning manfaatlari kasaba uyushmasi tomonidan himoya qilinadi. Natijada sudning hal qiluv qarori bilan o‘z joyiga ishga tiklanib, unga 44 mln. 800 ming so‘m ish haqi va ma’naviy zarar to‘lov pullari undirib beriladi.
Lekin ish buruvchi “UNITEL” MCHJ tomonidan sud qaroridan norozi bo‘lib, apellatsiya shikoyatiga asosan sudning 2023-yil 5-aprel kungi ajrimi bilan D.Rahmonovni ishga tiklash haqida birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bekor qilinadi.
Qizig‘i D.Rahmonov ushbu davr mobaynida sudining 2023-yil 3-aprel kungi hal qiluv qaroriga asosan 44 mln. 800 ming so‘m ish haqi va ma’naviy zarar to‘lov pullarini olib bo‘lganligi sababli ushbu mablag‘ni qatarish masalasi hal qilinishi lozim edi.
Shu sababli D.Rahmonov tomonidan Farg‘ona viloyat taftish sudiga kiritilgan shikoyati yuzasidan sud majlisida uning manfaatini himoya qilib, sudda tomonlarga mehnat qonunchilik bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilishi natijasida kelishuvga erishilib, D.Rahmonovga sud qaroriga asosan undirib berilgan 44 mln. 800 ming so‘m mablag‘ o‘zida qoladigan bo‘ldi. Tomonlar esa o‘zaro kelishuvga rozi bo‘ldilar.
Avazxon Turaxodjayev,
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyat Kengashi bosh yuriskonsulti.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: