Jamoa shartnomasi ijrosi muhokama qilindi
Respublika tez tibbiy yordam markazi Farg‘ona filiali mehnat jamoasining 2023-2025 yillar uchun imzolangan jamoa shartnomasining o‘tgan yilda bajrilishi bo‘yicha konferensiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda 38 nafar delegat hamda 70 nafardan ortiq mehnat jamoasi vakillari ishtirok etdi.
Aholi salomatligi yo‘lida xormay-tolmay mehnat qilib kelayotgan jonkuyar tibbiyot xodimlarining mehnati har qancha tahsinga sazovor. Har qanday holatda ham xizmatga shay salomatlik posbonlarining ishi oson emas.
Shu bois ham ularning mehnat muhofazasi, ijtimoiy himoyasi va salomatligini mustahkamlash ma’muriyat va kasaba uyushma qo‘mitasining e’tiborida.
Qolaversa, ishchi-xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatish jamoa shartnomasida o‘z aksini topgan bo‘lib, undagi bandlarning ijrosiga jiddiy e’tibor qaratilgan.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan so‘z olgan Respublika tez tibbiy yordam markazi Farg‘ona filiali direktori o‘rinbosari N.Otajonov va filial kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi F.Vaxobovaning o‘qib eshittirilgan hisobotida bunga yana bir bor amin bo‘ldik.
Jamoa shartnomalariga kiritilgan qo‘shimcha imtiyozlarning bajarilishi natijasida har bir xodimga o‘rtacha sarflangan mablag‘ 9 mln. 215 ming so‘mni, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha sarflangan o‘rtacha mablag‘ esa 2 mln. 518 ming so‘mni tashkil etdi.
Ayniqsa, mehnatkashlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ommaviy sport turlariga jalb etish, sanatoriylarda salomatliklarini tiklash, yurtimiz bo‘ylab sayohatlarga olib borish, ko‘makka ehtiyoj sezgan, kam ta’minlangan oilalarga doimiy ravishda e’tibor qaratildi.
Konferensiya ishtirokchilari 2023-2025 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2023 yilda bajarilishi bo‘yicha filial ma’muriyati va boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilgan ishlarga qoniqarli baho berdilar. Konferensiya so‘ngida muassasaning Jamoa shartnomasiga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar muhokama qilinib, ma’qullandi.
Konferensiyada ishtirok etgan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi respublika Kengashining Tashkiliy ishlar bo‘yicha bosh mutaxassisi Dilorom Toshmatova, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Farg‘ona viloyat Kengashi raisi Shoxidaxon Karimova yig‘ilish qatnashchilarining qiziqtirgan savollarga javob berdilar.
Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Фарғона вилояти Кенгаши.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: