Ishchi-xodimlarning himoyasi borasida olib borilgan ishlar yuqori baholandi
Marg’ilon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Hozirda mazkur boshqarmada 415 nafar ishchi-xodim mehnat faoliyatini olib bormoqda. Konferensiyada belgilangan me’yorga muvofiq bo‘limlardan saylangan 60 nafar delegatlardan 58 nafari ishtirok etdi.
Dastlab, Ishchi rayosat, kotibiyat, tahrir hamda sanoq komissiyalari saylab olinganidan so‘ng kun tartibidagi masalalar muhokama markazida bo‘ldi.
Unga ko‘ra, Marg’ilon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi kasaba uyushma qo‘mitasining 2020 yil fevraldan 2025 yil fevralgacha bo‘lgan davrdagi faoliyati tinglandi.
Ta’kidlanishicha, hisobot davrida 13 nafar ishchilar kasaba uyushmalari tizimidagi sihatgohlarda imtiyozli ravishda sog‘liklarini tiklashgan, 155 nafar xodimlar kasaba uyushmasi mablag‘lari hisobidan Toshkent, Samarqand, Xorazm viloyatlarining diqqatga sazovor joylariga sayoxatga yuborilgan, 302 nafar xodimga moddiy yordamlar berilgan, ishchi-xodimlarning 51 nafar farzandlari yozgi mavsumda bolalar oromgohlarida dam oldirilgan. Bundan tashqari, ish beruvchi va kasaba uyushmasi mablag‘lari hisobidan madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari uchun 51 mln. so‘mga yaqin mablag‘ sarflangan.
Konferensiya delegatlari kasaba uyushma qo‘mitasining o‘tkan yillardagi faoliyatini qoniqarli deb topib, boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti taftish komissiyasining hisobotini tasdiqladi.
Shundan so‘ng konferensiyada ochiq ovoz berish yo‘li orqali muqobillik asosida Marg’ilon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi kasaba uyushma qo‘mitasi raisi etib Husniddin Aminov qayta saylandi.
Konferensiya ishida O‘zbekiston Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi yoshlar masalalari bo’yicha rais maslahatchisi A.Mamasodikov ishtirok etib, ishchi-xodimlarning himoyasi borasida olib borilgan ishlarni yuqori baholadi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: