Ilg‘or pillakorlar Toshkent shahriga sayohatga yuborildi
Bugun Farg‘ona viloyati hokimligi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi hamkorligida 50 nafar viloyatdagi ilg‘or pillakorlar Marg‘ilon temir yo‘l vokzali orqali Poytaxtga 2 kunlik bepul sayohatga kuzatib qo‘yildi.
Kuzatish marosimida so‘z olgan viloyat hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Komila Kavlonova hamda Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyati Kengashi raisi Axadjon Madaminovlar Farg‘ona viloyati pillakorlari tomonidan bu yil 46 ming 436 quti ipak qurti parvarishlanib, 2 ming 795 tonnadan ziyod “kumush tola” yetishtirilganini va bunda ilg‘or pillakorlarimizning mehnatlari katta ekanligini e’tirof etishdi.
Aytish joiz, viloyatda ishsiz yoshlarni doimiy ish o‘rni bilan ta’minlash, oilalar uchun qo‘shimcha daromad manbai yaratishda pillachilik muhim o‘rin tutadi. Yil mobaynida 2-3 marta ipak qurti boqish natijasida yillik mehnat stajiga ega bo‘lish mumkinligi yil sayin pillakorlar safi kengayishini ta’minlamoqda.
Pillakorlar sayohat davomida Toshkent shahri hamda Toshkent viloyatidagi tarixiy maskanlar, ziyoratgoh va obidalar hamda so‘nggi yillarda muhtaram Prezidentimiz boshchiligida amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari bilan tanishadilar.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: