Huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish – davr talabi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi yalpi majlisida Prezidentimiz tomonidan yangi saylangan senatorlar faoliyatini kuchaytirish bilan bog‘liq muhim takliflar ilgari surildi.
Ulardan biri Senat aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish, yosh avlod ongiga qonunga hurmat, to‘g‘rilik va halollik tushunchalarini singdirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish bilan bog‘liq.
Albatta, bu tashabbus zamirida katta ma’no mujassam. Keyingi yillarda jamiyatimizda huquqiy ong va madaniyatni shakllantirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni yaratish borasida salmoqli darajada tashkiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirildi.
Senatda Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurarish bo‘yicha qo‘mita faoliyat yuritmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi. Barcha davlat organlari va tashkilotlari, viloyatlar va shahar hokimliklarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Bu boradagi amaliy harakatlarimiz xalqaro darajada ham e’tirof etilmoqda. Prezidentimizning siyosiy irodasi bilan o‘tkazilgan islohotlar natijasida mamlakatning xalqaro reytinglardagi o‘rni sezilarli darajada yaxshilandi. So‘nggi 7 yilda Korrupsiyani qabul qilish indeksida muntazam ravishda faqat ijobiy jihatdan yaxshilangan kam sonli davlatlar qatoriga kirganmiz.
Shu bilan birga, yosh avlod onggiga qonunga hurmat, to‘g‘rilik va halollik tushunchalarini singdirish korrupsiyaga qarshi kurash yo‘lida muhim qadam hisoblanadi. Bu yoshlarning davlatga ishonchini oshirish, adolatli, qonunga amalga qiladigan jamiyat qurishga hissa qo‘shadi. Bu kelgusi besh yillik faoliyatimiz mezoniga aylanadi.
Orzigul Qozixonova,
Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: