Hunarmandlarning Toshkentga sayoxati tashkil etildi
Joriy yil aprel oyida “Hunarmand” uyushmasi Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyat Kengashi o‘rtasida Hamkorlik Memorandumi imzolangan edi.
Unga ko‘ra kelgusida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, ishchi-hodimlarga, ayniqsa, hunarmandlarga yanada qulay sharoit yaratish, milliy hunarmandchilik namunalarimizni dunyoga namoyon etish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan say-harakatlarni kuchaytirish asosiy maqsad ekanligi belgilangan.
Amaliy ishlar natijasi sifatida bugun O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tashabbusi bilan 50 nafar viloyatimizdagi hunarmandlar Toshkent shahri hamda Toshkent viloyatidagi tarixiy maskanlar, ziyoratgoh va obidalar hamda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish uchun 3 kunlik bepul sayoxatga yuborildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: