Hisobot-saylovi konferensiyalari
Quva tuman tibbiyot birlashmasida 2023-2025 yillar uchun tuzilgan Jamoa shartnomasining 2024 yilda bajarilishi yakunlari hamda kasaba uyushma qo‘mitasining hisobot-saylovi konferensiyalari o‘tkazildi.
Konferensiyada ish beruvchi A.Abdurazzaqov va kasaba uyushma qo‘mitasi raisi M.Teshaboyevlarning 5 yillik hisoboti tinglandi. Konferensiya delegatlari kasaba uyushma qo‘mitasining o‘tgan yillardagi faoliyatini baholab, kasaba uyushma tashkiloti taftish komissiyasining hisobotini tasdiqladi.
Kasaba uyushma qo‘mitasining hisobot-saylovi konferensiyasida yashirin ovoz berish yo‘li orqali muqobillik asosida Quva tumani tibbiyot birlashmasi kasaba uyushma qo‘mitasi raisi etib Nabiyeva Shaxnoza Abduqaxxorovna saylandi.
Shuningdek, konferensiyada Quva tuman tibbiyot birlashmasi kasaba uyushma qo‘mitasi tarkibi, kasaba uyushma tashkiloti taftish komissiyasi tarkibi, kasaba uyushma tashkiloti taftish komissiyasi raisi, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyat Kengashi hisobot-saylov konferensiyasiga delegat saylandi.
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tashkiliy ishlar bo‘yicha bosh mutaxassisi D.Toshmatova tomonidan kasaba uyushmasiga a’zolik afzalliklari hamda kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan kasaba uyushmalarining bosib o‘tgan yo‘llari, tuzilma tomonidan olib borilayotgan islohotlar hamda erishilgan yutuq va natijalar haqida to‘xtalib o‘tildi.
Kasaba uyushma qo‘mitasining 2025 yilda ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: