Hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasi kasaba uyushma tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Hozirda tibbiyot birlashmasida 4 ming 468 nafar ishchi-xodim mehnat faoliyatini olib bormoqda. Konferensiyada belgilangan me’yorga muvofiq boshlangich seh tashkilotlardan saylangan 50 nafar delegatlar ishtirok etdilar.
Dastlab, Ishchi rayosat, kotibiyat, tahrir hamda sanoq komissiyalari saylab olinganidan so‘ng kun tartibidagi masalalar muhokama markazida bo‘ldi.
Unga ko‘ra, Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasi kasaba uyushma qo‘mitasining 2022-yil martidan 2025-yil martigacha bo‘lgan davrdagi faoliyati tinglandi.
Ta’kidlanishicha, hisobot davrida 363 nafar ishchilar hamda ularning ota-onalari kasaba uyushmalari tizimidagi sihatgohlarda imtiyozli ravishda sog‘liklarini tiklashgan, 192 nafar xodimlar kasaba uyushmasi mablag‘lari hisobidan Toshkent, Samarqand, Xorazm viloyatlarining diqqatga sazovor joylariga sayoxatga yuborilgan, 471 nafar xodimga moddiy yordamlar berilgan, ishchi-xodimlarning 212 nafar farzandlari yozgi mavsumda bolalar oromgohlarida dam oldirilgan. Bundan tashqari, ish beruvchi va kasaba uyushmasi mablag‘lari hisobidan madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari uchun 861 mln. 171 ming so‘mga yaqin mablag‘ sarflangan. Bundan tashqari, Jamoa shartnomalari orqali 15 ta shahardagi tibbiyot muassasalarida ishlayotgan ishchilar va oila a’zolarining 912 nafariga 182 mln 475 ming so‘mlik kasaba uyushma mablag‘lari hisobidan ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatilgan.
Konferensiya delegatlari kasaba uyushma qo‘mitasining o‘tkan yillardagi faoliyatini qoniqarli deb topib, kasaba uyushma tashkiloti taftish komissiyasining hisobotini tasdiqladi.
Shundan so‘ng konferensiyada yashirin ovoz berish yo‘li orqali muqobillik asosida Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasi kasaba uyushma qo‘mitasi raisi etib Ximoyatxon Sobirova qayta saylandi.
Konferensiyada shuningdek, Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasi kasaba uyushma qo‘mitasi tarkibi, kasaba uyushma tashkiloti taftish komissiyasi tarkibi, kasaba uyushma tashkiloti taftish komissiyasi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyat Kengashi hisobot-saylov konferensiyasiga delegatlar saylandi.
Konferensiya ishida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Fargona viloyat Kengashi raisi Shohidaxon Karimova ishtirok etib, ishchi-xodimlarning himoyasi borasida olib borilgan ishlarni yuqori baholadi. Shuningdek, kelgusida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ustuvor vazifalar bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: