Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmaydi!
Sharqona yangi yil – «Navro‘z» umumxalq bayrami arafasida Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan saxovat tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.
Ana shunday ezgu tadbirlarning navbatdagisi Farg‘ona “Saxovat” keksalar va nogironlar uchun internat uyida o‘tkazildi.
Bu yerda davolanayotgan ko‘ngli o‘ksik insonlarga mehr ko‘rsatish, qalbini quvonchga to‘ldirish maqsadida viloyat kengashi mas’ullari barchani Naro‘z bayrami bilan tabriklab, hech kim mehr va e’tibordan chet qolmasligini ta’kidladilar.
Saxovat uyida yashaydigan mehr va e’tiborga muhtoj fuqarolarga Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan bayram sovg‘alari tuhfa etildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: