Har bir kunning nomi bor
Beshariq tumanidagi “Tovul” bolalar oromgohida har bir mavsumda 120 nafardan o‘g‘il-qiz bolalik gashtini surmoqda. So‘lim va bahavo tabiat qo‘ynida joylashgan oromgohda bolajonlarning maroqli hordiq chiqarishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Shinam yotoqxona, ozoda oshxona, qiziqarli adabiyotlarga boy kutubxona, cho‘milish havzasi, sport maydonchalari bolajonlarning ixtiyorida.
— Oromgohda bolajonlarning maroqli hordiq chiqarishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan, — deydi maskan rahbari Xurshid Ismatullayev.— Ularning yozgi ta’tilni ko‘ngildagidek o‘tkazishlari uchun ko‘ngilochar tadbirlar, sport musobaqalari o‘tkazilib kelinmoqda. Shu bilan birga, bolajonlarning bilimlarini yanada oshirish maqsadida “Xorijiy til bilimdoni”, “Yosh kitobxon” kabi musobaqalar ham tashkil etilgan. Qolaversa, bolajonlar maroqli dam olish, sport-sog‘lomlashtirish tadbirlarida ishtirok etish bilan birga, tabiat qo‘ynida turli fanlar bo‘yicha mahorat darslarida bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashmoqda.
Oromgohda har bir kunning o‘z nomi bor. Belgilangan dastur bo‘yicha bolajonlar har bir kunni o‘ziga xos tarzda o‘tkazishmoqda. Qolaversa, bolajonlarning har bir kunini maroqli o‘tishi uchun oromgohda ko‘plab madaniy, ma’rifiy tadbirlar, guruhlar o‘rtasida sport musobaqalari, turli tanlov va viktorinalar o‘tkazilmoqda.
Albatta, bu kabi bellashuvlar, ko‘ngilochar tadbirlar bolajonlarning ko‘ngildagidek dam olishiga zamin yaratmoqda.
Gavharoy Jo‘rayeva,
Bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish departamenti Farg‘ona viloyat boshqarmasi madaniy-ma’rifiy va sport ishlari bo‘yicha mutaxassisi
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: