Hamkorlik Memorandumi imzolandi
Natijada 3 500 nafar hunarmandlar kasaba uyushmalari safida birlashdi. Bugun, 16 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyat Kengashi o‘rtasida Hamkorlik Memorandumi imzolandi.
Hunarmandlarning qonuniy va huquqiy manfaatlarini himoya qilish, aholining, ayniqsa, xotin-qizlarni hunarmandchilikka keng jalb qilish bo‘yicha tadbirlar tashkil qilish, hunarmandlar va ularning xodimlarini dam olishlari va sog‘lomlashtirilishini tashkil qilish, «Ustoz-shogird» tizimini keng yo‘lga qo‘yish orqali xotin-qizlarni bandligini ta’minlashga ko‘maklashish» kabi muhim vazifalarni amalga oshirish Memorandum bilan mustahkamlab qo‘yildi.
Tantanali marosimda so‘z olgan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyat Kengashi raisi Erkinjon Nuraliyev hamda O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i Rasuljon Mirzaahmedovlar kelgusida yaqin hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, ishchi-hodimlarga, ayniqsa, hunarmandlarga yanada qulay sharoit yaratish, milliy hunarmandchilik namunalarimizni dunyoga namoyon etish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarni kuchaytirish asosiy maqsad ekanligini ta’kidladilar.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: