Gender audit tashkiliy o‘zgarishlar uchun vosita!
Genderga doir kompleks yondashuv va kadrlar siyosatini amalga oshirish darajasini baholash vositasi sifatida genderga oid auditning joriy etilishi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42-moddasi qoidalariga rioya etilishini ta’minlash va gender munosabatlarini rivojlantirish mexanizmi bo‘lib xizmat qiladi.
Mehnat bozorida tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarga oilaviy vazifalarni kasbiy vazifalar bilan muvaffaqiyatli uyg‘unlashtirish uchun sharoit yaratish mamlakatning iqtisodiy o‘sishi va barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.
Genderga oid auditni o‘tkazishda xalqaro standartlar, ularni xorijiy davlatlarda qo‘llash amaliyoti va inson huquqlarini himoya qilish, xotin-qizlar huquqlari va gender tenglikni ilgari surish sohasidagi milliy qonunchilikni mukammal bilish talab etiladi.
Xotin qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasining 2023 yil 21 iyuldagi 6-sonli qarori bilan genderga oid audit o‘tkazish bo‘yicha uch yillik reja tasdiqlangan bo‘lib, 2024 yil 4-choragida Sog‘liqni saqlash vazirligi, uning tuzilmaviy tashkilotlari va quyi tuzilmalarida genderga oid audit o‘tkazilishi belgilangan.
Yuqoridagilarga asosan, Farg‘ona viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda tuzilmaviy tashkilotlarning xodimlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis va boshlang‘ich kasaba uyushmalari raislari ishtirokida seminar o‘tkazildi.
Seminarda Mamlakatimizda mehnat bozorida gender tengligini ta’minlash maqsadida ayollarning mehnat bozori va bandlik sohasida imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda sog‘likni saqlash tizimida gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: