FAXRIYLAR XOLIDAN XABAR OLINDI
Istiqlolimizning 33 yilligi arafasida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan uzoq yillar mehnat qilib, hozirda keksalik gashtini surayotgan soha faxriylar xolidan xabar olindi.
– Ustozlarimiz, mazkur sohaga ko‘p mehnati singgan faxriylarimiz bilan hamisha faxrlanamiz. Ularning hayotiy tajribalari ishimizda ko‘p asqotadi. Ulardan nafaqat bayramlarda, balki doimiy ravishda xabar olamiz, – deydi Kengashi raisi Erkinjon Nuraliyev.
E’zozlangan faxriylarning tilida va dilida shukronalik. Ular yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, boshlagan ishlarimiz hamisha xayrli bo‘lishini Allohdan so‘rab duodalar.
Bu kabi tadbirlar viloyatdagi barcha tarmoq kasaba uyushmalarida hamda tuman-shaharlarda o‘tkazilib, mehnat faxriylari bayram bilan qutlanmoqda. Shuningdek, ularga oziq-ovqat mahsulotlari topshirilmoqda.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: