Farg‘onalik bir guruh ishchi-xodimlar Xorazmga yuborildi
Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyat birlashgan qo‘mitasi tasarrufidagi korxona-tashkilotlarda mehnat qilayotgan 54 nafar ishchi-xodimlar Xorazm viloyatiga sayoxatga yuborildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati kengashi tomonidan «O‘zbekiston bo‘ylab sayoxat qiling!» turizm loyihasi orqali tashkil etilgan sayoxatda sayoxatchilar Xorazmning tarixiy qadamjolari, ziyoratgoh va obidalari bilan yaqindan tanishib, maroqli dam olmoqdalar.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, sayohatga kasaba uyushma tarmog‘iga yaqindagina qabul qilingan bir qator tashkilotlar – «Oltiarik Logistika» MCHJ, «Mashhurbek Fayz» MCHJ, «Ekspo Kollor» MCHJ, «VS Tekstil» MCHJ, «MDS FARTUNA» xususiy korxonasi, «Hammabop taom plyus» MCHJ kabi tadbirkorlik sub’yektlarida mehnat qilayotgan ishchilarning yuborilgani ularning kasaba uyushmasiga bo‘lgan ishonchini yana bir karra oshirdi.
Sayohatchilar ushbu tarixiy lahzalar uchun tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: