FAOLIYAT SARHISOB QILINDI
Kasaba uyushmalari xizmati tashkil etilgan barcha mehnat jamoalarida bo‘lgani kabi Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda kasaba uyushma qo‘mitasining 2020 yil martidan 2025 yil martigacha bo‘lgan davrda ishchi-xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ishchi-xodimlarni va ularning farzandlarini sog‘lomlashtirish, qo‘yingki, barcha jabhadagi olib borgan ishi sarhisob qilindi.
Qayd etish joizki, bugungi kunda mazkur tizimda 800 nafar ishchi-xodim samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Hisobot davrida 150 nafar xodimlarga kasaba uyushmasi hisobidan moddiy yordamlar berilgan, 137 nafar xodimlar kasaba uyushmasi tomonidan imtiyozli ravishda o‘z salomatliklarini tiklashlari uchun sanatoriylarga yuborilgan. Ishchi-xodimlarning 171 nafar farzandlari kasaba uyushmalari tizimidagi yozgi oromgohlarda maroqli dam olishgan. 300 nafardan ziyod xodimlar Respublikamizning diqqatga sazovor va tarixiy maskanlariga sayoxatga yuborilgan.
Bundan tashqari, xodimlar o‘rtasida milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha “Ma’naviyat soatlari”, “Sport – salomatlik garovi”, “Sog‘lom oila” shiorlari ostida sport musobaqalari hamda sportning stol tennisi, voleybol, shaxmat-shashka, badminton turlari bo‘yicha musobaqalar, shuningdek, milliy bayramlar va muhim sanalar munosabati bilan turli tadbirlar belgilangan reja asosida o‘tkazib kelingan.
Hisobot-saylov yig‘ilishida muzokaraga chiqqanlar Kasaba uyushma qo‘mitasining o‘tkan yillarda olib borgan faoliyatini qoniqarli deb topdilar. Shuningdek, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisligiga nomzodlar ko‘rsatildi. Ochiq ovoz berish yo‘li orqali kasaba uyushma qo‘mitasi raisligiga Komiljon Fozilov qayta saylandi. Shuningdek, kasaba uyushma qo‘mitasi a’zolari hamda O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyati Kengashi konferensiyasiga delegat saylandi.
Shu kuni 2023-2025 yillar uchun tuzilgan Jamoa shartnomasining 2024 yilda bajarilishi yakunlari hamda 2025 yil uchun qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi ham bo‘lib o‘tdi.
O‘tkazilgan yig‘ilishlarda O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyati Kengashi raisi R.Rahimov ishtirok etdi.
Tadbirlar yakunida bu yil kasaba uyushmalarining 120 yilligi keng nishonlanishi munosabati bilan yig‘ilganlarga ma’lumot berildi hamda bir guruh faollarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: