EHTIROM IFODASI
Yurtimiz taraqqiyotida, albatta, xotin-qizlarning muhim o‘rni bor. Bugungi kunda ayollar ijtimoiy-ma’naviy, siyosiy-iqtisodiy hayotning barcha sohalarida, xususan, davlat boshqaruvi va vakillik organlarida, ishlab chiqarish, tadbirkorlik, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, ta’lim-tarbiya, madaniyat, sport va boshqa ijtimoiy sohalarda samarali mehnat qilmoqdalar.
Xususan, mamlakatimizda xotin-qizlarning muammolarini uyma-uy yurib aniqlab, unga ijobiy yechim topishda jonbozlik ko‘rsatayotagn mahallalardagi xotin-qizlar faollarining ham jamiyatimiz rivojida munosib hissasi bor.
O‘lkamizda qishning so‘nggi kunlari hukmronlik qilmoqda, lekin ko‘ngillarda bahor sog‘inchi. Negaki, bahor nozik xilqat egalari bo‘lgan ayollarning fusunkor bayrami bilan boshlanajak.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan Muhtaram Yurtboshimizning 2023 yil 21 dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash, Xalqaro xotin-qizlar bayramini munosib nishonlash, munis onalarga, lobar opa-singillarimizga izzat-ikrom ko‘rsatish maqsadida “Ayolni qadrlash – millatni qadrlash” shiori ostida o‘tkaziladigan tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, mamlakatimizning diqqatga sazovor joylariga sayohatlar tashkil etilmoqda.
Bugun O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati kengashi tomonidan 80 nafar mahallalardagi xotin-qizlar faollari hamda 28 nafar viloyatimizdagi korxona-tashkilotlarda mehnat qilib kelayotgan ishchi-xodimlar Marg‘ilon temir yo‘l vokzalidan Xorazm viloyatiga sayohatga yuborildi.
Ular to‘rt kun davomida Xorazmning tarixiy qadamjolari, ziyoratgoh va obidalari bilan yaqindan tanishadilar va maroqli dam oladilar.
Gʻanisher Payziyev,
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi bo‘lim mudiri.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: