DIQQAT, TANLOV!
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati kengashi tomonidan 11 noyabr O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati “ Eng yaxshi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti” ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi.
Ko‘rik-tanlov boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlaridagi a’zolar sonidan kelib chiqib (kasaba uyushma a’zolari soni 50 nafargacha, 51-300 nafargacha va 300 nafardan ko‘p) 3 ta toifaga bo‘lingan holda tashkil etiladi.
Ko‘rik-tanlov 3 bosqichda tashkil etiladi.
1-bosqichda boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari raislari tomonidan viloyat Kengashining telegramdagi maxsus boti (https://t.me/bkuttanlov_bot) (https://t.me/bkuttanlov_bot) orqali onlayn ro‘yxatdan (https://t.me/bkuttanlov_bot)o‘tishlari va boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti o‘tgan 1 yil davomida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida kamida 5 daqiqalik videorolik yoki kamida 10 varaqdan iborat taqdimotni viloyat Kengashida tashkil etilgan tashkiliy qo‘mitaga 2024 yil 25 sentyabrga qadar taqdim qilishlari zarur.
2-bosqichda taqdim qilingan videorolik yoki taqdimotlar viloyat Kengashining telegramdagi rasmiy sahifasida (https://t.me/kasabafar)2024 yil 5 sentyabrdan 30 sentyabrga qadar ketma-ketlikda e’lon qilinadi. E’lon qilingan materiallar ovoz berish yo‘li bilan har bir toifa bo‘yicha 10 nafardan tanlab olinadi va final bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.
3-bosqich bevosita viloyat Kengashi binosida tashkil etiladi.
G‘oliblar quyidagi sovg‘alar bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin – Kompyuter jamlanmasi va sanatoriyga 2 kishilik yo‘llanma;
2-o‘rin – Noutbuk va sanatoriyga 2 kishilik yo‘llanma;
3-o‘rin – Televizor va sanatoriyga 2 kishilik yo‘llanma.
Eslatma:
Ishtirokchilardan materiallarni yuborayotganda tashkilot nomini to‘liq yozishi va bog‘lanish uchun telefon raqamini ko‘rsatishi zarur.
Tanlovni o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: