DIQQAT, TANLOV!
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati kengashi tomonidan 28-aprel Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan Farg‘ona viloyatida kasaba uyushmalari xizmati tashkil etilgan mehnat jamoalaridagi ishchi-xodimlar o‘rtasida “Bu mening mehnatim muhofazasi!” shiori ostida ko‘rik-tanlovni e’lon qiladi.
Кo‘rik-tanlov quyidagi nominatsiyalarda o‘tkaziladi:
– Bu bizning mehnat sharoitimiz (ishtirokchining o’zi ishlayotgan tashkiloti to’g’risida ko’pi bilan besh minutlik video yoki animatsiya ko‘rinishdagi rolik taqdim etadi);
– Men mehnatni muhofaza qilish qonunchiligi targ’ibotchisiman (ushbu nominatsiya ishtirokchisi, quyidagi mavzulardan birini video yoki animatsion rolik orqali to’liq tushuntirib berishi lozim: “Ishlab chiqarishda mehnatni muhofaza qilish ishlarini tashkil etish hamda uch bosqichli jamoatchilik nazorati”, “Mehnatni muhofaza qilish bo’yicha o’qitish, bilimlarini sinash va yo’riqlardan o’tkazish”, “Asbob-uskuna, dastgoh va qurilmalarning xavfsiz ishlatishni ta’minlash”, “Dastlabki va davriy tibbiy ko’riklar”, “Jamoaviy va shaxsiy himoya vositalari”, “Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari”, “Ishlab chiqarishda sodir bo’lgan baxtsiz hodisa va kasb kasalliklarini maxsus tekshirish”, “Xodim sog’ligiga yetkazilgan ziyon uchun moddiy javobgarlik”, “Mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlik”).
Ko‘rik-tanlovga materiallar 2024-yilning 9-aprelidan 20-apreligacha +998941316206 telefon nomeridagi telegram orqali qabul qilinadi va rasmiy telegram kanali (https://t.me/kasabafar) orqali yoritib boriladi. Hamda 22-aprelgacha eng ko‘p ovoz to‘plagan ishtirokchilar g‘olib bo‘ladi.
Barcha nominatsiyalar bo‘yicha eng ko‘p ovoz to‘plagan ishtirokchi g‘olib bo‘ladi.
G‘oliblar O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati kengashi tomonidan 28-aprel Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni arafasida tantanali tadbirda munosib taqdirlanadi.
Eslatma:
Ishtirokchilardan ijodiy ishlarni yuborayotganda ish joyi va lavozimini to‘liq yozishi va bog‘lanish uchun telefon nomer ko‘rsatishi zarur.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: