“Central Asian Medical University”da kasaba uyushma xizmati tashkil etildi
O‘zbekiston Sig‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyati kengashi raisi Shohidaxon Karimova har bir ish kunini rejali olib boradi. Biror yumush bilan xonasiga kirsangiz ham, a’zolarning murojaatlarini tinglayotgan yoki ularning muammolarini hal qilish bilan band ekanini ustidan chiqasiz.
Sh.Karimovaning bugungi ish rejasi viloyatdagi kasaba uyushma xizmati tashkil etilmagan korxonalarda targ‘ibot ishlarini olib borish, a’zolik afzalliklarini tushuntirish va u yerda mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarni kasaba uyushmasiga jalb qilishdan iborat bo‘ldi.
Rejaga asosan, bu gal “Central Asian Medical University” Farg‘ona shahridagi nodavlat ta’lim muassasasiga tashrif buyurildi. Ta’lim muassasasi rahbari Nurillo Mamasadiqov va ishchi-xodimlarga a’zolik afzalliklari aniq misollar bilan tushuntirib berildi. Ya’ni, kasaba uyushma a’zosi birinchi navbatda kasaba uyushma himoyasida bo‘lishi, huquqlari buzilganda kasaba uyushma uni himoya qilishi, so‘lim sihatgohlarda salomatligini tiklashi, respublikamiz bo‘ylab diqqatga sazovor maskanlarga sayohatlarga borishi, tanlovlarda ishtirok etishi va boshqa ko‘plab imtiyozlari borligi ma’lumot tarqisiga yetkazildi.
N.Mamasadiqov kasaba uyushma xodimlariga muassasaning ish faoliyati hamda amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi rejalar haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, “Central Asian Medical University” Farg‘ona shahridagi nodavlat ta’lim muassasasi va O‘zbekiston Sig‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyati kengashi o‘rtasida Kelishuv bitimi imzolandi.
Targ‘ibot natijasida 168 nafar ishchi-xodimlar hamda 1700 nafar talabalar kasaba uyushmasiga a’zolikka qabul qilindi.
Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Фарғона вилояти Кенгаши.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: