Buyruq bekor bo‘lib, xodimga 44 mln. so‘m undirib berildi
Farg‘ona viloyati Ekologiya va artof muhitni muhofaza qilish boshqarmasining 07.11.2022 yil 36-k-sonli buyrug‘iga asosan Dildora Xalilova bilan tuzilgan mehnat shartnomasi tashkilotning tugatilganligi asos qilinib, (eski) Mehnat kodeksining 100-moddasi ikkinchi qismi 1-bandiga asosan bekor qilinadi. Biroq, ish beruvchi tomonidan xodimning xomilador ekanligi, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish qonunga xilof ekanligi inobatga olinmagan.
Huquqlari buzilganidan norozi bo‘lgan D.Xalilova O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati Kengashiga ariza bilan murojaat qilib, ish beruvchining buyrug‘ini bekor qilib, avvalgi lavozimiga tiklashda amaliy yordam so‘raydi.
Viloyat Kengashi tomonidan D.Xalilovani manfaatlarini ko‘zlab, uni avvalgi lavozimiga ishga tiklash haqida sudga da’vo ariza kiritildi.
Uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng sudning qarori bilan D.Xalilova Farg‘ona viloyati Ekologiya va artof muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga avvalgi lavozimiga ishga tiklandi. Hamda unga ish beruvchidan 44 mln. 370 ming so‘m miqdorida pul mablag‘lari undirib berildi.
Mansurjon Usmonov,
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Fededratsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassisi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: