“Bosh Qomusimizni bilasizmi?”
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingangilining 32 yilligi munosabati bilan yoshlar o‘rtasida “Bosh Qomusimizni bilasizmi?” tanlovini o‘tkazish NIZOMI
I. UMUMIY QOIDALAR
1.1 O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan (bundan keyin matnda Kengash deb ataladi) mehnatkashlarning, xususan, yoshlarning mamlakatimizdagi qonunchilik hujjatlari, Yangi konstitutsiyamiz bo‘yicha bilimlarini oshirish maqsadida “Bosh Qomusimizni bilasizmi?” tanlovi tashkil etiladi.
1.2 Tanlovda ishtirok etish ixtiyoriy.
1.3 Tanlov 23 noyabrdan 3 dekabrga qadar 10 kun davomida Kengashning rasmiy telegram kanali (https://t.me/kasabafar)da 2 donadan jami 20 dona savol e’lon qilinadi.
II.TANLOVNING SHARTLARI
2.1 Tanlovda 18 yoshdan 30 yoshlacha bo‘lgan barcha yoshlar ishtirok etishlari mumkin.
2.2 “Bosh Qomusimizni bilasizmi?” tanlovini tashkil qilish va o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan hal qilinadi.
2.3. Tanlovda ishtirokchilardan Kanalda e’lon qilingan 2 tadan savollarga tezkor, to‘g‘ri va asosli javob berish talab etiladi.
2.4 Savollar tanlov boshlangan kundan boshlab har kuni 1 marta soat 16:00 da e’lon qilinadi.
2.5 Ishtirokchilar tomonidan javoblar soat 16:00-17:00 oralig‘ida telegramdagi maxsus manzili orqali qabul qilinadi, undan keyin kelgan javoblar hisobga olinmaydi.
2.6. Savollar e’lon qilinganda, ularga javob yo‘llash manzili ham ko‘rsatib o‘tiladi.
2.7. Har bir to‘g‘ri berilgan javobga ballar quyidagicha taqsimlanadi:
eng birinchi to‘liq va to‘g‘ri javoblar uchun – 3 ball;
ikkinchi va undan keyingi to‘g‘ri javoblar – 1 ball bilan baholanadi.
Savollarning barchasiga to‘liq javob jo‘natilganda ball beriladi.
2.8. Javoblar telegramdagi maxsus manzilga kelib tushgan vaqt javob qabul qilingan vaqt deb hisoblanadi.
2.9. Yuborilgandan keyin o‘zgartirilgan xabar egalarining natijasi inobatga olinmaydi.
2.10. Tanlovning shaffofligini ta’minlash maqsadida, berilgan savollarga to‘g‘ri javoblar va tanlov natijalari jadval ko‘rinishida Kanalda e’lon qilib boriladi.
2.11. Eng ko‘p ball to‘plagan 3 nafar ishtirokchi g‘olib deb topiladi.
Ballar teng kelib qolgan taqdirda qo‘shimcha savol berilishi mumkin.
III GʻOLIBLARNI TAQDIRLASH
3.1 Tanlov g‘oliblari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi bayrami arafasida tantanali ravishda taqdirlanadi.
3.2 Tanlov g‘oliblariga quyidagi sovg‘alar beriladi:
1-o‘rin uchun – 1-darajali diplom, 2 mln so‘mlik kitob to‘plami va Federatsiya muassisligidagi “Ishonch” gazetasiga 1 yillik bepul obuna sertifikati;
2-o‘rin uchun – 2-darajali diplom, 1 mln so‘mlik kitob to‘plami va Federatsiya muassisligidagi “Ishonch” gazetasiga 1 yillik bepul obuna sertifikati;
3-o‘rin uchun – 3-darajali diplom, 500 ming so‘mlik kitob to‘plami va Federatsiya muassisligidagi “Ishonch” gazetasiga 1 yillik bepul obuna sertifikati.
- YAKUNLOVCHI QOIDALAR
4.1 Tanlov to‘g‘risidagi e’lonlar O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon kilinadi.
4.2 Tanlovda davlat va nodavlat tashkilotlari xomiylik qilishlari mumkin.
4.3 Tanlov natijalari yuzasidan shikoyatlar qabul qilinmaydi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: