Bizni har doim kasaba uyushmalari qo‘llab-quvvatlab kelgan
Transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan 40 nafar a’zolar Andijon viloyatidagi “Xonobod” sanatoriyasida dam oldirildi.
Ular bu yerda muolajalar olib, salomatliklarni mustahkamladilar. Shuningdek, muolajalardan bo‘sh vaqtlarida madaniy hordiq chiqarishlari uchun ham shart-sharoitlarning yaratilgani ayni muddao bo‘ldi.
— Ushbu maskandagi sharoitlar, davo muolajalari bizga juda ma’qul bo‘ldi, — deydi Farg‘ona tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi xodimi Nigoraxon Abdullayeva. — Bu yerda ham dam oldik, ham davolanib, ancha kuch oldik. Bizni har jabhada qo‘llab-quvvatlab, ajoyib go‘shalarda dam oldirishga xayrixoh bo‘lib kelayotgan kasaba uyushmalariga minnatdorchilik bildiramiz. Kasaba uyushmalari sabab ko‘p joylarga sayohatlarga, dam olishlarga boryapmiz.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: