“Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri bo‘lib o‘tdi
“Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Farg‘ona viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Lolaxon Ahmedova hamda o‘qituvchi va o‘quvchilar, ota-onalar, nuroniylar ishtirok etdi.
Mazkur ta’lim maskanida 2023/2024 o‘quv yilida o‘quvchilar soni 1037 nafarni tashkil etib, ulardan 96 nafari birinchi sinfga qabul qilindi. Tantanali tadbirda ilk bor maktabga qadam qo‘ygan jajji o‘quvchilarga 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘asi” topshirildi.
Yangi o‘quv yili an’anaviy “Mustaqillik darslari” bilan boshlanib, unda o‘quvchilarga milliy o‘zlikni anglash, eng bebaho, eng aziz ne’mat – mustaqillik haqida batafsil ma’lumot berildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: