Bank xodimlari ishga tiklandi
AT “Xalq banki” Farg‘ona viloyat Oltiariq filialining xodimlari O.Otajonova hamda O.Turdiqulov O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyat Kengashiga ariza bilan murojaat qilib, nohaq ishdan bo‘shatilganligi va bu borada kasaba uyushmalarining ko‘magi zarurligini bildirishgan.
Ma’lum bo‘lishicha, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilingan. O‘rganishlar davomida, ish beruvchi xodimlarni ishdan bo‘shatishda g‘ayriqonuniy buyrug‘ chiqargan.
Aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan viloyat Kengashi tomonidan xodimlarning manfaatini ko‘zlab, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudiga ishga tiklash to‘g‘risida da’vo ariza kiritildi.
Sudning hal qiluv qaroriga asosan bankning har ikkala xodimi ham avvalgi ish joyiga tiklanadigan bo‘ldi. Bundan tashqari xodimlarga 8 oydan ortiq vaqt davomida bekor yurgan davr uchun har biriga 30 mln. so‘mdan ish haqi va ma’naviy zarar uchun 3 mln. so‘mdan pul mablag‘lari undirib berildi.
Mansurjon USMONOV,
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati kengashi bosh mutaxassisi
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: