“AYOLLAR DAFTARI” ORQALI HAR BIR XOTIN-QIZGA KOMPLEKS YORDAM BERILADI
Mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash, ehtiyojmand xotin-qizlarning muammolarini hal etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda va bu kabi ezgu ishlar 2024 yilda ham davom etishi shubhasiz.
Shu kunlarda mamlakatimiz miqyosida “Ayollar daftari” tizimining 5-bosqich jarayonlariga start berilayotganidan ham islohotlarning mantiqiy davomidir.
Prezidentimiz tashabbuslari bilan hayotga tabiq etilgan mazkur tizim orqali xotin-qizlar muammolarini aniqlash, tizimli amaliy yordamlar ko‘rsatish orqali ularning muammolarini bartaraf etish hamda ehtiyojmand xotin-qizlar turmush farovonligini oshirish maqsad qilingan.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan “Ayollar daftari”ning 5-bosqichi boshlanishi oldidan amaliy seminar o‘tkazildi.
Unda viloyat studiyasi orqali viloyat hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Komila Kavlonova, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi raisi Erkinjon Nuraliyev hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan tuman-shaharlarga biriktirilgan mas’ul xodimlar, hududlardagi studiyalar orqali esa tuman-shahar hokimlarining o‘rinbosarlari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshliqlari, mahallalardagi xotin-qizlar faollari ishtirok etdilar.
Seminarda viloyat hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Komila Kavlonova, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi raisi Erkinjon Nuraliyev, rais o‘rinbosari Orzigul Qozixonova, bo‘lim mudiri Abror Otaboyevlar tomonidan “Ayollar daftari”ning 5-bosqichida amalga oshiriladigan ishlar xususida so‘z yuritib, oldingi bosqichlarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, xatlov jarayonlarini sifatli tashkil etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar e’tibordan chetda qolmasligini alohida ta’kidladilar.
Shuningdek, joylarda ehtiyojmand xotin-qizlar bilan xonadonma-xonadon yurib, suhbatlar o‘tkazish orqali ularni qiynayotgan muammolar aniqlash hamda “Ayollar daftari” orqali ularga manzilli yordam ko‘rsatish kabi mezonlar xususida tegishli tavsiyalar berildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: