Amaliy o‘quv-seminar har tomonlama foydali bo‘ldi
Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Dang‘ara tumani kengashi tasarrufidagi 50-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Boshlang‘ich tashkilotlarda 2023-2025 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2023 yilda bajarilishi hamda 2024 yil uchun qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritish” mavzusida amaliy o‘quv-seminar tashkil etildi.
Unda kengash tasarrufidagi 59 ta DMTT boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raislari ishtirok etdi. Dastlab kasabaqo‘mlar 50-DMTT kasaba uyushma qo‘mitasining ish hujjatlari bilan tanishdilar.
Kun tartibidan o‘rin olgan masalalar bo‘yicha 50-DMTT mudirasi Dilshoda Turdialiyeva va boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Matluba Baratovaning 2023-2025 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2023 yilda bajarilishi yuzasidan hisoboti tinglandi.
Qayd etilaganidek, kasaba uyushmasi tomonidan xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari, ularga yaratilgan qulay va xavfsiz ish sharoitlar, xodimlarning salomatligini mustahkamlash, turli madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlariga keng jalb etish borasida olib borilgan ishlar batafsil qayd etildi.
31 nafar xodim mehnat qilib kelayotgan muassasada, a’zolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqiy manfaatlarini himoya qilish jamoa shartnomasida o‘z aksini topgan bo‘lib, undagi bandlarning ijrosiga jiddiy e’tibor qaratilgan.
Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Dang‘ara tumani kengashi raisi Mirzajon Qurbonov o‘quv-seminar ishtirokchilariga jamoa shartnomasining bajarilishi, qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritishda nimalarga ahamiyat qaratish lozimligi bo‘yicha ko‘rsatmalar berib o‘tdi.
Savol-javoblarga boy bo‘lgan seminar ishtirokchilar uchun har tomonlama foydali bo‘ldi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: