Akademiyaga qabul boshlandi
Farg‘onada O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Keng jamoatchilik, kasaba uyushmasi vakillari, akademiyada o‘qish istagidagi yoshlar va ularning ota-onalari ishtirok etgan tadbirda akademiyaning mas’ul xodimlari ishtirokchilarga ta’lim muassasasi haqida ma’lumotlar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil etilgan ushbu Akademiyada mehnat va ijtimoiy munosabatlar sohasi uchun oliy ma’lumotli, malakali mutaxassislar tayyorlanishi belgilangan.
Uchrashuvda ta’lim muassasasi imkoniyatlari, mavjud ta’lim yo‘nalishlari, 2024-2025 o‘quv yillari uchun kunduzgi va sirtqi ta’limning bakalavr yo‘nalishlari bo‘yicha abituriyentlar qabul qilish tartiblari xususida ma’lumotlar berildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: