Ma’naviy-ma’rifiy tadbir
2025-yil O‘zbekiston kasaba uyushmalari hayotida muhim va esdaqolarli yil bo‘lishi bilan ham ahamiyatlidir. Boisi O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatiga 120 yil to‘ldi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirga viloyat ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etib kelayotgan, kasaba uyushmalarni doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlab, yaqin hamkorlikda ish olib borayotgan viloyat hamda tuman-shaharlardagi Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshliqlari taklif etildi.
So‘z olgan Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha viloyat Shtabi rahbari A.Salixov hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi raisi E.Nuraliyevlar yurtimizda kasaba uyushmalarining tashkil etilish tarixi hamda bugungi kundagi o‘rni haqida ma’lumot berdilar.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga kasaba uyushmalarining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: