Kasaba uyushmalari yoshlar bilan birga
Ma’lumki, bu yil O‘zbekiston kasaba uyushmalari harkatiga 120 yil to‘lmoqda. Shu munosabat iblan mamlakatimiz bo‘ylab turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati kengashi tomonidan viloyat musiqali drama teatrida bo‘lib o‘tgan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvida ham kasaba uyushmalarining o‘tkan davrda bosib o‘tgan faoliyati va bugungi kunda olib borilayotgan islohotlar haqida yoshlarga ma’lumotlar berildi.
Unda oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan va mehnat jamoalarida faoliyat yuitayotgan yoshlar va ish beruvchi vakillari ishtirok etdilar.
Darhaqiqat, bugun mamlakatimizda yoshlar uchun katta imkoniyatlar eshigi ochilgan. Ayniqsa, Prezidentimizning o‘zi yosh avlodga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatib kelmoqda. Yaratilgan sharoitlar tufayli yoshlarimiz o‘zini har sohada namoyon etmoqda.
Bugungi kunda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati kengashi tarkibida 700 ming nafardan ziyod faollar birlashgan bo‘lsa, ularning 200 mingdan ortig‘ini yoshlar tashkil etadi. Kasaba uyushmalari ham yoshlarni doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlab, ularning orzu-maqsadlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashib kelmoqda. Shuningdek, ularni maroqli dam olishlari, tarixiy qadamjolarga sayoxatga borishlariga, iqtidor va salohiyalarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashilmoqda.
Xususan, birgina 2024 ilda yil kasaba uyushmasi hamda ish beruvchi tomonidan 400 nafarga yaqin yosh ishchi-xodimlar kasaba uyushmalari tasarrufidagi sihatgohlarda mazmunli hordiq chiqarib qaytgan bo‘lsalar, 2,5 mingdan ziyod yosh ishchi-xodimlar Respublikamizning turli diqqatga sazovor joylariga bepul sayoxatlarga yuborildi. Bundan tashqari, har yili faol talabalarga “Kasaba uyushma stipendiyasi” berib kelinmoqda.
Uchrashuvda o‘tkan 120 yil ichida kasaba uyushmalari ulkan islohotlar davrini bosib o‘tgani, 1905 yilda aloqa va temir yo‘l ishchilari to‘planib, yig‘ilishlar o‘tkazib, ish beruvchilarga o‘zlarining talabnomalarini bayon etganliklari, keyinchalik ish vaqtini 8 soat etib belgilashni ilgari surishgani kabi bir qator ma’umotlar berildi. Ha, aytish joizki, bundan 120 yil muqaddam ishchilarning ish beruvchilarga talabnomalar qo‘yishgani bugunga kelib mehnat jamoalarida Jamoa shartnomalari vazifasini bajarmoqda. Jamoa shartnomalari orqali ishchi-xodimlarning huquq va manfaatlari to‘laqonli ta’minlanmoqda.
Tadbir davomida yoshlarning bilimlarini mustahkamlash maqsadida viktorina o‘yini ham o‘tkazilib, unda savollarga tezkorlik va to‘g‘ri javob bergan ishtirokchilarga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati Kengashining esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ko‘tarinki ruhda o‘tkazilgan uchrashuv yakunida yoshlar uchun Farg‘ona viloyat Musiqali drama teatri tomonidan sahnalashtirilgan “Zo‘rdan zo‘r chiqsa” nomli komediyali spektakl namoyish etildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: