Hisobot-saylov yig‘ilishlari davom etmoqda
Qo‘qon shahar alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 5-maktab internatida boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda kasaba uyushma tomonidan o‘tgan besh yil davomida amalga oshirilgan ishlar, a’zolarga qanday ko‘mak ko‘rsatilgani, ularni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida olib borilgan ishlar bo‘yicha ma’lumot berildi.
O‘tgan davr mobaynida jamoa shartnomasida belgilangan bandlarga ko‘ra, xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, salomatliklarini mustahkamlash, tarixiy shaharlarga sayohatlar uyushtirish, ko‘makka muhtoj xodimlarga yordam qo‘lini cho‘zish doimo kasaba uyushma qo‘mitasi va ma’muriyatning alohida e’tiborida bo‘ldi.
Xususan, xodimlar imtiyozli yo‘llanmalar orqali turli sihatgohlarda salomatligi mustahkamladi. Faollik ko‘rsatgan xodimlar rag‘batlantirildi. Bir so‘z bilan aytganda, kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan a’zolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ishlariga katta e’tibor qaratildi.
Hisobot tinglangach, kasaba uyushma qo‘mitasining faoliyati qoniqarli deb topilib, kasaba uyushma qo‘mitasi raisligiga nomzodlar ko‘rsatildi. Muqobillik asosida yashirin ovoz berish yo‘li orqali o‘tkazilgan saylovda eng ko‘p ovoz to‘plagan Odinaxon Rafiqova kasaba uyushma qo‘mitasi raisi etib saylandi.
Shuningdek, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari Lolaxon Ahmedova qatnashchilarga O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi va uning tashkil topishi va bugungi kunidagi o‘rni haqida ma’lumot berib o‘tdi.
— Ushbu ixtisoslashtirilgan 5-maktab internatida 210 nafar o‘g‘il-qiz tarbiyalanadi. Bu yerdagi ish jarayoni boshqa muassasalarnikidan farq qiladi. Shu bois ularga ko‘proq kasaba uyushmalarining e’tibori zarur, — deydi Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Qo‘qon shahar bo‘linmasi Kengashi raisi Orifxon Ziyoviddinov. — Hisobotni tinglab bildikki, bu yerda mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarning hech biri kasaba uyushmalarining e’tiboridan chetda qolmagan. Qolaversa, yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilgan saylovda jamoa o‘zlari munosib deb bilgan nomzodga ovoz berib, ishonch bildirdilar.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: