“Xonobod”dagi hordiq
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati Kengashi hamda Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyati birlashgan qo‘mitasi hamkorligida tarmoq tizimida mehnat qilayotgan 30 nafar xodimning salomatliklarini tiklab, dam olib kelishlari uchun “Xonobod” sihatgohiga yuborildi.
Dam oluvchilar uchun sihatgohda “Kasaba uyushmalari tarixiga nazar” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi nishonlanishi hamda kasaba uyushmasining tashkil topish jarayoni, bugungi kundagi o‘rni haqida ma’lumot berildi.
Dam olish asnosi xodimlar o‘rtasida viktorina tashkil etilib, xodimlarning bilimlari sinovdan o‘tkazildi. Savollarga to‘g‘ri javob bergan ishtirokchilar Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyati birlashgan qo‘mitasining esdalik sovg‘alarini qo‘lga kiritdilar. Bundan tashqari dam oluvchilar uchun diqqatga sazovor maskanlarga sayohati ham uyushtirildi.
— Bir safda birlashgan a’zolarni qo‘llab-quvvatlash, ularni dam oldirish, sayohatlarga olib borishni an’anaga aylantirganmiz, — deydi Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyati birlashgan qo‘mitasi raisi Manzuraxon Akramova. — Mana bu ularni barcha sharoitlar yaratilgan sanatoriyda salomatliklarini tiklash imkoniga ega bo‘ldilar.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: