O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligiga bag‘ishlandi
Mamlakatimizda muhtaram Yurtboshimiz tashabbusi bilan inson manfaatlari yo‘lida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Inson qadrini ulug‘lash, uning qonuniy manfaatlarini ta’minlash maqsadida olib borilayotgan ushbu izchil islohotlarda kasaba uyushmalari ham faol ishtirok etmoqda.
Bugungi kunda O‘zbekiston kasaba uyushmalari o‘z saflarida 7 milliondan ortiq ishchilarni birlashtirgan bo‘lib, mamlakatdagi eng yirik jamoat tashkiloti hisoblanadi.
Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, mamlakatda ilk kasаba uyushma harakati 1905 yillarda boshlanganiga guvoh bo‘lamiz. Demakki, bu O‘zbekiston kasaba uyushmalariga 120 yil to‘lganidan dalolatdir.
Shu bois O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi hamda Tarmoq Respublika kasaba uyushmalarining viloyat Kengashlari bilan hamkorlikda bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida “Yangi O‘zbekiston – yangi kasaba uyushmalari” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tarmog‘i faollari ishtirok etdilar.
Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi raisi o‘rinbosarlari Lolaxon Ahmedova hamda Abror Otaboyevlar tomonidan kasaba uyushma harakati paydo bo‘lganidan boshlab davrlar osha amalga oshirilgan islohotlar, ayniqsa, so‘nggi yillarda korxona va tashkilotlarda xodimlarning kasbiy, mehnatga oid ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini ta’minlash tizimini yanada kuchaytirish borasida olib borilayotgan ijobiy o‘zgarishlar haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o‘tkazish to‘g‘risida Nizom” talablari asosida bu yilgi hisobot-saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish, hisobot-saylov yig‘ilishlarini olib borish, boshlang‘ich kasaba uyushmasining saylanma organlarini saylash, byulleten to‘ldirish tartibi, shuningdek sanoq komissiyasining faoliyati, konferensiyalarga delegatlar saylash norma va tartiblari haqida tushuntirishlar berib o‘tildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: