O‘quv-seminari
O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyat, tuman va shahar kengashlariga a’zo tashkilotlarda hisobot-saylovlarni o‘tkazish bo‘yicha o‘quv-seminari tashkil etildi.
O‘quv-seminarida barcha tuman va shahar kengashlari raislari, birlashgan va boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari raislari hamda tashkilotchilari ishtirok etdilar.
O‘quv-seminari tarmoq kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyat Kengashi raisi R.Rahimov olib bordi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyat Kengashi raisining o‘rinbosari A.Otaboyev hisobot-saylov yig‘ilishini o‘tkazish tartibini amaliy tarzda tushuntirdi.
Shuningdek, o‘quv seminarida hisobot-saylovlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomning oldingi va yangi tahriri, undagi o‘zgarish va qo‘shimchalar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.
O‘quv-seminari davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: