“Ayollar daftari”ning 6-bosqichi: ishlar qizg‘in
Ma’lumki, yanvar oyining boshidan “Ayollar daftari”ning 6-bosqichi start olgan. Ya’ni, mahalla fuqarolar yig‘inlarida ko‘makka muhtoj ayollarni «daftar»ga kiritish maqsadida xatlovlar boshlangan bo‘lib, ishlar qizg‘in ketmoqda.
Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha viloyat Shtabi rahbari A.Salixov rahbarligida o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilish ham ayni shu masalaga qaratildi.
Unda viloyat hokimi o‘rinbosari K.Kavlonova, viloyat Shtabi a’zolari – viloyat boshqarma va tashkilotlar mas’ul rahbarlari hamda tuman-shahar studiyalaridan «Ayollar daftari»ning 6-bosqichi bo‘yicha Jamoatchilik nazoratini olib borish uchun kasaba uyushmalaridan hududlarga biriktirilgan mas’ullar ishtirok etdilar.
Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkan yig‘ilishda «mahalla yettiligi» tomonidan xatlov jarayonlarini sifatli o‘tkazishga alohida e’tibor qaratildi.
Ayrim hududlarda «mahalla yettiligi» to‘liq tarkibda ishlamayotgani, sansalorlikka yo‘l qo‘yilayotgani, anketa-so‘rovnomalar to‘liq to‘ldirilmayotgani e’tirozlarga sabab bo‘ldi.
Viloyat Shtabi rahbari tomonidan hududlardagi vakillarning axborotlari tinglanib, aniqlangan kamchiliklarni shu kunning o‘zida bartaraf etish bo‘yicha viloyat Shtabi a’zolariga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: