Hisobot-saylov yig‘ilishlarini o‘tkazish tartibi amaliy tarzda ko‘rsatib berildi
Ma’lumki, bu yil kasaba uyushmalari tizimida hisobot-saylov yig‘ilishlari (konferensiya)lar yili. Mazkur jarayonda o‘tgan besh yillikdagi faoliyat sarhisob qilinib, erishilgan natijalar tahlil etiladi.
Shu bois ayni kunlarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining hududiy kengashlari hamda tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashlari tomonidan mazkur muhim davr oldidan barcha bo‘g‘imdagi kasaba uyushma tashkilotlari mutasaddilari va mutaxassislari uchun hisobot-saylov yig‘ilishlariga yuqori saviyada tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishga bo‘yicha o‘quvlar tashkil etilmoqda.
Xususan, O‘zbekiston tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi Farg‘ona viloyatidagi yirik ishlab chiqarish korxonalari va obodonlashtirish boshqarmalari boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari raislari ishtirokida amaliy seminar o‘tkazildi.
Unda O‘zbeksiton tadbirkorlik biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashini viloyatdagi mas’ul tashkilotchisi, jamoatchilik asosida viloyat birlashgan qo‘mita raisi Muqaddasxon Abdullayeva va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari Abror Otaboyevlar tomonidan hisobot-saylov yig‘ilishlarini o‘tkazish tartibi amaliy tarzda ko‘rsatib berildi.
Qizg‘in savol-javoblar asosida bo‘lib o‘tkan seminarda ishtirokchilar mutasaddilardan barcha kerakli tavsiyalarni oldilar.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: