Kasaba uyushma bor joyda…
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan Xalq banki Beshariq tumani filialining ikki nafar xodimiga Mehnat kodeksining 333-moddasiga ko‘ra 153 million so‘m miqdorida kompensatsiya pullari undirildi.
Gap shundaki, Z.Madaminova hamda Sh.Mahmudova Xalq banki Beshariq filialida Pensiya va nafaqa tarqatish bo‘limida Sayyor kassa kassiri lavozimida ishlab kelgan.
Bank tomonidan xodimlarning 2023 yil noyabr, dekabr hamda 2024 yilning mart, aprel oylari uchun ish haqlari o‘z vaqtida to‘lab berilmagan.
Bundan norozi bo‘lgan xodimlar O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati Kengashiga ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni undirishda amaliy yordam berishni so‘rab murojaat qilishgan.
O‘rganishlar davomida haqiqatan ham xodimlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan oylik ish haqi ish beruvchi tomonidan o‘z vaqtida to‘lanmay kelayotganligi aniqlangan.
Mazkur ish sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra ish beruvchidan bank xodimi Sh.Mahmudovaga 70 mln. 754 ming so‘m va Z.Madaminovaga 72 mln. 661 ming so‘m oylik ish haqi va kompensatsiya to‘lovlari undirib berildi.
M.Usmonov,
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati Kengashi bosh mutaxassisi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: