“Yilning eng yaxshi ma’naviy-ma’rifiy ishlar tashabbuskori” tanlovi
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari faoliyatini yanada jonlantirish maqsadida “Yilning eng yaxshi ma’naviy-ma’rifiy ishlar tashabbuskori” tanlovini o‘tkazish NIZOMI
I. UMUMIY QOIDALAR
1.1 O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan (bundan keyin matnda Kengash deb ataladi) ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, ishchi-xodimlarning bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazishga ko‘maklashish, ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida “Yilning eng yaxshi ma’naviy-ma’rifiy ishlar tashabbuskori” tanlovi tashkil etiladi.
1.2 Tanlovda Farg‘ona viloyatidagi kasaba uyushma xizmati tashkil etilgan barcha boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari raislari ishtirok etadilar.
1.3 Tanlovda ishtirok etish ixtiyoriy.
1.4 Tanlov 25 noyabrdan 10 dekabrga qadar davom etib, ishtirokchilar (boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari raislari) 2024 yil davomida ma’naviy-ma’rifiy va sport yo‘nalishlarida ishchi-xodimlar o‘rtasida amalga oshirgan ishlari bo‘yicha Taqdimot (slayd)larni maxsus botga yuborishlari talab etiladi.
1.5 Ko‘rik tanlovda boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari quyidagi 3 toifaga bo‘lingan holda tashkil etiladi:
– kasaba uyushma a’zolari soni 50 nafargacha;
– kasaba uyushma a’zolari soni 51-300 nafargacha;
– kasaba uyushma a’zolari soni 300 nafardan ko‘p bo‘lgan tashkilotlar.
II.TANLOVNING SHARTLARI
2.1 Korxona, tashkilot va muassasa boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotining pasporti;.
– Korxona, tashkilot va muassasa boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti tomonidan 2024 yilda o‘tkazilgan “Ma’naviyat soatlari” o‘tkazilgan soni, fotofaktlar bilan;
– Korxona, tashkilot va muassasa boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti tomonidan 2024 yilda o‘tkazilgan madaniy tadbirlar (fotofaktlar bilan), teatr, konsert, muzeylarga tashriflar soni (fotofaktlar bilan);
– Korxona, tashkilot muassasa boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti tomonidan 2024 yilda xodimlar uchun dam olish kunlari va Respublikada bayram kunlari ishlanmaydigan kunlarida uyushtirilgan sayohatlar: yurtimizning tarixiy shaharlari va hududiy qadamjolariga yuborilgan sayohatchilar soni (fotofaktlar bilan). Eslatma: O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan Xorazm, Toshkent, Samarqand sayohatlari inobatga olinmaydi;
– Korxona, tashkilot, muassasa boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti tomonidan 2024 yilda o‘tkazilgan sport tadbirlari, turli sport musobaqalari, spartakiadalar, turnirlar, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida “xodimlar gimnastikalari”, undagi ishtirokchilar soni (fotofaktlar bilan);
– Korxona, tashkilot, muassasa boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti tomonidan 2024 yil yozgi sog‘lomlashtirish mavsumida sog‘lomlashtirilgan mehnatkashlar farzandlari soni (hujjatlari bilan) Taqdimotldarni yuborish talab etiladi.
2.2 Tanlovga taqdimotlar telegramdagi maxsus botga kelib tushgan vaqt qabul qilingan vaqt deb hisoblanadi.
III Baholash tartibi
3.1 Taqdim etilgan hujjatlar Tashkiliy qo‘mita tomonidan ko‘rib chiqiladi va baholanadi.
3.2 baholashda tashkilotda kasaba uyushma xizmatining faolligi, joylarga chiqib o‘rganilishi mumkin.
IV. KO‘RIK-TANLOV GʻOLIBLARINI TAQDIRLASH
4.1. Ko‘rik-tanlovning g‘oliblikni qo‘lga kiritgan boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyat Kengashi tomonidan quyidagi sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
1-o‘rin uchun:- kasaba uyushma a’zolari soni 50 nafargacha;
30 nafar 12 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni 27 dekabr kuni viloyat Musiqali drama teatrida bo‘lib o‘tadigan Yangi yil shodiyonalari bayramida ishtirok etishi uchun bepul biletlar va yangi yil sovg‘alari;
2-o‘rin uchun:- kasaba uyushma a’zolari soni 50 nafargacha;
20 nafar 12 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni 27 dekabr kuni viloyat Musiqali drama teatrida bo‘lib o‘tadigan Yangi yil shodiyonalari bayramida ishtirok etishi uchun bepul biletlar va yangi yil sovg‘alari;
3-o‘rin uchun:- kasaba uyushma a’zolari soni 50 nafargacha;
10 nafar 12 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni 27 dekabr kuni viloyat Musiqali drama teatrida bo‘lib o‘tadigan Yangi yil shodiyonalari bayramida ishtirok etishi uchun bepul biletlar va yangi yil sovg‘alari;
1-o‘rin uchun:- kasaba uyushma a’zolari soni 51-300 nafargacha;
40 nafar 12 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni 27 dekabr kuni viloyat Musiqali drama teatrida bo‘lib o‘tadigan Yangi yil shodiyonalari bayramida ishtirok etishi uchun bepul biletlar va yangi yil sovg‘alari;
2-o‘rin uchun:- kasaba uyushma a’zolari soni 51-300 nafargacha;
30 nafar 12 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni 27 dekabr kuni viloyat Musiqali drama teatrida bo‘lib o‘tadigan Yangi yil shodiyonalari bayramida ishtirok etishi uchun bepul biletlar va yangi yil sovg‘alari;
3-o‘rin uchun:- kasaba uyushma a’zolari soni 51-300 nafargacha;
20 nafar 12 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni 27 dekabr kuni viloyat Musiqali drama teatrida bo‘lib o‘tadigan Yangi yil shodiyonalari bayramida ishtirok etishi uchun bepul biletlar va yangi yil sovg‘alari;
1-o‘rin uchun:- kasaba uyushma a’zolari soni 300 nafardan yuqori;
50 nafar 12 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni 27 dekabr kuni viloyat Musiqali drama teatrida bo‘lib o‘tadigan Yangi yil shodiyonalari bayramida ishtirok etishi uchun bepul biletlar va yangi yil sovg‘alari;
2-o‘rin uchun:- kasaba uyushma a’zolari soni 300 nafardan yuqori;
40 nafar 12 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni 27 dekabr kuni viloyat Musiqali drama teatrida bo‘lib o‘tadigan Yangi yil shodiyonalari bayramida ishtirok etishi uchun bepul biletlar va yangi yil sovg‘alari;
3-o‘rin uchun:- kasaba uyushma a’zolari soni 300 nafardan yuqori;
30 nafar 12 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni 27 dekabr kuni viloyat Musiqali drama teatrida bo‘lib o‘tadigan Yangi yil shodiyonalari bayramida ishtirok etishi uchun bepul biletlar va yangi yil sovg‘alari;
V. YAKUNLOVCHI QOIDALAR
5.1 Tanlov to‘g‘risidagi e’lonlar O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon kilinadi.
5.2 Tanlovda davlat va nodavlat tashkilotlari xomiylik qilishlari mumkin.
5.3 Tanlov natijalari yuzasidan shikoyatlar qabul qilinmaydi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: