Bayramni ko‘hna Kentda nishonladik
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi tashabbusi bilan O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan 50 nafar farg‘onalik ta’lim fidoyilarining Samarqand shahriga sayohati tashkil etildi.
Samarqand shahri qadimdan yer yuzining sayqali deya e’tirof etib kelingan. Bu shahar o‘zining tarixiyligi, betakror go‘zalligi va albatta, mazali nonlari bilan ham dunyoga mashhurdir.
Ustozlar sayohat davomida Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi va muzeyi, Registon va Boqiy shahar majmualari, Amir Temur va Xo‘ja Doniyor maqbarasi hamda “Konigil” turizm qishlog‘ida bo‘ldilar.
— Kasaba uyushmalarining tashabbusi bilan kasb bayramimizni Samarqandda nishonladik, — deydi Quvasoy shaharidagi 19-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Shakarxon Qurbonova. — Bu juda ham yoqimli sayohat bo‘ldi. Hamkasblarimiz bilan ko‘hna Kentni diqqatga sazovar joylarini tomosha qildik. Bu sayohat kasb bayramimizga ajoyib tuhfa bo‘ldi. Biz ustozlarni har jabhada qo‘llab-quvvatlab kelayotgan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga minnatdorlik bildiraman. Chunki bu sayohat bir umr yodimizda qoladigan bo‘ldi.
O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bunday madaniy-ma’rifiy tadbirlar va sayohatlar davom etmoqda.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: