Majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmaydi
O‘zbekiston Respublikasi Bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanmaslik bo‘yicha Milliy monitoring ishchi guruhi tomonidan paxta yig‘im-terimi mavsumida terimchilar uchun munosib shart-sharoit yaratish, mehnat haqining o‘z vaqtida to‘lanishi, bolalar mehnati hamda majburiy mehnatdan foydalanmaslik yuzasidan nazorat ishlarini olib bormoqdalar.
Ishchi guruhning har bir kuni paxtada dalalarida o‘tmoqda. Qaysi fermer xo‘jaligiga borilmasin, majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik, paxta yig‘im-terimida ishtirok etayotgan terimchilarga yaratilgan sharoitlar, terim pullarining o‘z vaqtida to‘lanishi kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ishchi guruh O‘zbekiston tumanidagi paxta dalalarida bo‘lib, terimchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.
“O‘rmonobod” fermer xo‘jaligi tumandagi ilg‘or fermerlardan. Ayni paytda paxta maydonda 60 nafar terimchi mehnat qilyapti. Ularga yaratilgan sharoitdan ko‘ngil to‘ladi.
— Salkam 20 kundan beri shu fermer xo‘jaligida paxta terimida ishtirok etyapman. Yaratilgan sharoitlar qoniqarli. Paxta pullarimizni har kunligini har kuni olyapmiz, — deydi Dilshoda Habibullayeva.
Tumandagi “Qahramonjon Isoqjonovich” fermer xo‘jaligida ham paxta terimi avjida. Bu yerda ham 50 nafar terimchi paxta terish bilan mashg‘ul. Asosiysi, bu yerda terimchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Paxta pullarining to‘lanishidan hech qanday muammo yo‘q.
— Kuniga 100-120 kg. paxta teryapman, — deydi Olmosxon Mirzayeva. — Paxta pulini kunligini kunda olib, ro‘zg‘orimni obod qilyapman. Mehnatimga yarasha haq to‘lanayotganidan xursandman.
Qaysi fermer xo‘jaliklariga bormaylik, terimchilar o‘zlari rozi bo‘lib, paxta terishayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. Ularning qay biri gaplashmaylik paxta terimiga o‘z ixtiyorlari bilan chiqqanliklari, paxta terib yaxshigina daromad topayotganliklari haqida gapirishmoqda. Muhimi, hech kim paxta terimiga majburlab chiqarilgani yo‘q. Barchalari yaratilgan sharoitdan mamnun holda, yuqori kayfiyatda paxta termoqdalar.
Ishchi guruh vakillari tomonidan olib borilayotgan suhbatlar davomida majburiy mehnatning taqiqlanishi, agar majburiy mehnat holatlari yuzaga kelsa kasaba uyushmalarining “10-92” qisqa raqamlariga bog‘lanish lozimligi tushuntirilmoqda.
Mansurjon Xatamov,
O‘zbekiston Respublikasi Bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanmaslik bo‘yicha Milliy monitoring ishchi guruhi a’zosi
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: